Toshkent Invest kompaniyasi

Aksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni
+998 71 210 02 61
Tashkent Invest

Ochiq Ma'lumotlar

Ochiq ma'lumot

Toshkent shahrida ilk bor soddalashtirilgan tartibdagi davlat-xususiy sheriklik loyihasini amalga oshirish bo‘yicha bitim tuzildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-iyuldagi PQ–236-son qaroriga muvofiq Toshkent shahrida “Toshkent Invest kompaniyasi” AJ tomonidan loyiha qiymati 5 million AQSh dollarigacha bo‘lgan ekvivalentdagi davlat-xususiy sheriklik (DXSh) loyihalarini amalga oshirishning soddalashtirilgan tartibi joriy etilgan.

Mazkur qarorga muvofiq Toshkent shahridagi 36 ta hududda DXSh loyihasi orqali avtoturargohlarni tashkil etish bo‘yicha DXSh bitimini tuzish huquqi 1 338,6 mln so‘m boshlang‘ich qiymatda “E-auksion” elektron savdo platformasida ommaviy savdolarga chiqarildi.

Auksion savdolari natijalariga ko‘ra 20 948,6 mln so‘m narx taklifini taqdim etgan “ANGLESEY FOOD” MChJ XK savdo g‘olibi deb topilib, u bilan DXSh bitimi tuzildi hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq Iqtisodiyot va moliya vazirligida belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazildi.