Toshkent Invest kompaniyasi

Aksiyadorlik jamiyati

Ishonch telefoni
+998 71 210 02 61
Tashkent Invest

Statsionar va mobil yo‘l-patrul xizmati postlarini loyihalashtirish bo‘yicha tijorat takliflarini taqdim etish to‘g‘risida e’lon

Arxiv
Takliflarni qabul qilish muddati
2026-yil 9-noyabrdan 11-noyabrgacha

“Toshkent Invest kompaniyasi” AJ tomonidan avtomobil yo‘llarida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-patrul xizmati faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida statsionar va mobil yo‘l-patrul xizmati postlarini loyihalashtirish bo‘yicha loyiha tashkilotlarining tijorat takliflari o‘rganilmoqda. Shu munosabat bilan mazkur yo‘nalishda tegishli tajriba va mutaxassislarga ega bo‘lgan loyiha tashkilotlarini tijorat takliflarini taqdim etishga taklif etamiz.

Tijorat taklifida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:

  • statsionar va mobil yo‘l-patrul xizmati postlarini loyihalashtirish xizmatlarining qiymati;
  • ishlarni bajarish muddati;
  • xizmatlar tarkibi va hajmi;
  • tashkilotning mazkur yo‘nalishdagi ish tajribasi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

Taklif etilayotgan narxda qo‘shilgan qiymat solig‘i (QQS) hisobga olingan yoki olinmaganligi alohida qayd etilishi shart.

Tijorat takliflari e’lon joylashtirilgan kundan boshlab 3 (uch) ish kuni davomida procurement@tashkentinvest.com elektron pochta manzili orqali qabul qilinadi. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: +998 71 210-02-61.

Mazkur e’lon tijorat takliflarini o‘rganish, loyihalashtirish xizmatlarining bozor qiymatini aniqlash hamda boshlang‘ich narxni shakllantirish maqsadida joylashtirilmoqda.

Hujjatlar

Orqaga